Fransiya prezidenti Emmanuel Makron xavfsizlik masalalari bo‘yicha Myunxen konferensiyasiga tashrifini bekor qildi. Bu haqda Suddeutsche Zeitung gazetasi xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Bunday qaror Makronning GFR kansleri Angela Merkel bilan qo‘shma matbuot-konferensiyasini ham bekor qiladi. U konferensiyaning ikkinchi kuni, 16-fevralga rejalashtirilgan edi.

Nashrning ta’kidlashicha, bunga yetakchilar jadvallarining mos tushmaganligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Makron tashrifining bekor qilinishi Berlin bilan “Shimoliy oqim-2” loyihasini amalga oshirish masalasidagi ziddiyatlar fonida yuz berdi. Nashr oxirgi vaqtlarda Fransiya va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarda asta-sekin sovish kuzatilayotganligini ta’kidlaydi.

Myunxen konferensiyasi 15—17-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Bizni telegramda kuzatib boring!  @DaryoNewsUZ

Braziliyaning sobiq prezidenti Luis Inasio Lula da Silva korrupsiya va “pul yuvish”da ayblanib, 12 yil 11 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: EPA

Sudning aniqlashicha, Lula da Silva tijorat tashkilotlariga ba’zi imtiyozlar berish evaziga San-Pauludan uy va yer maydoniga ega bo‘lgan. Hujjatlarga ko‘ra, sobiq prezidentga sovg‘a qilingan uyga uning yaqinlari egalik qilgan.

Lula da Silva 2016-yili ham shunday ayblov bo‘yicha 9,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, keyinroq Oliy sud uning jazo muddatini 12 yil 1 oygacha uzaytirgan edi.

Umumiy hisobda Lula da Silvaga nisbatan jami yettita jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozircha u ushbu ishlarning faqat bittasi bo‘yicha oqlangan.

Ma’lumot uchun, Lula da Silva 2003—2011-yillarda Braziliyaga prezidentlik qilgan.

 

Bizni telegramda kuzatib boring!  @DaryoNewsUZ

Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo mamlakatdagi mojaroni tartibga solishda vositachilik qilishini so‘rab Rim papasi Fransiskga murojaat qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: AP

Guaydo Rim papasidan Venesueladagi “uzurpatsiya”ni to‘xtatishga hissasini qo‘shishni so‘raganligi ta’kidlanmoqda.

Guaydo, shuningdek, Rim papasiga Venesuelaga tashrif buyurishni taklif qilgan.

Avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Rim papasidan muxolifat bilan “muloqotni yengillashtirish”da yordam so‘raganligi ma’lum qilingan edi.

 

Bizni telegramda kuzatib boring!  @DaryoNewsUZ